Andijon viloyatidagi paxta xirmonida yong'in chiqdi

Andijon viloyatidagi paxta xirmonida yong'in chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi paxta tayyorlash punktlarining birida xirmonga uyilgan paxtalar yonib ketgani haqida xabarlar taqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu favqulodda holat 16 oktyabr kuni, Baliqchi tumani “Nasriddinobod” MFYda joylashgan “Tetratex” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli paxta qabul qilish maskanida sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida Andijon-36 navli 1 sort 2 sinfga kiruvchi paxtaning faqatgina yuza qismi yonib, uning 12 kilogrammiga zarar yetgan. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, ushbu mablag‘lar “Tetratex” MCHJ rahbari tomonidan tadbirkorga to‘liq to‘lab berilgan.
Xabarda keltirilishicha, yong‘in elektr kabellaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-