Toshkent viloyati o‘rmonzorlarida yong‘in chiqdi

Toshkent viloyati o‘rmonzorlarida yong‘in chiqdi
Toshkent viloyati o‘rmonzorlarida yong‘in chiqdi

Toshkent o‘rmon xo‘jaligining Piskent tumani hududida joylashgan Angren bo‘limida bir necha o‘rmonzorda yong‘in chiqdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Yong‘in Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.
“Yong‘in sabablari, oqibatlari va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-