Ichimlik suvi haqini vaqtida to‘lamagan yuridik shaxslarga 1-maydan peniya hisoblanadi

Yuridik isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suvi bo‘yicha qarzdorlik qoida va shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda penya tartibi joriy qilingan bo‘lib, 2023-yilning 1-may sanasidan boshlab penya hisoblash tartibi boshlangan. Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qilmoqda.
Akmal Murodovning aytishicha, qoidaga ko‘ra, barcha guruh isteʼmolchilari ichimlik suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun hisobga olish priborlari mavjud bo‘lganda oxirgi uch oyning o‘rtacha sarfi bo‘yicha haq to‘laydi.
“Hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda oylik isteʼmol normasi bo‘yicha keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari lozim. To‘lovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun — yuridik shaxslar 0,4 foiz, jismoniy shaxslar esa 0,1 foiz penya to‘lanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo bu ko‘rsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim”, — dedi “O‘zsuvtaʼminot” masʼul xodimi.
Uning taʼkidlashicha, yuridik isteʼmolchilar belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda penya hisoblash tartibi joriy qilingan.