Afg‘onistonda 12 yashar qiz ov miltig‘ida otib o‘ldirildi
Afg‘onistonda 12 yashar qiz ov miltig‘ida otib o‘ldirildi
Afg‘onistonning Parvon viloyatida 12 yoshli qiz noma’lum qurolli shaxslar tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.Manbalarga ko‘ra, yarim tunda qiz yashaydigan xonadon tomiga toshlar otilgan. Nima bo‘layotganini bilish uchun tomga chiqqan qizga ov qurolidan o‘q uzilgan. Oqibatda jabrlanuvchi ko‘krak sohasidan yaralangan va voqea joyida halok bo‘lgan.
Qizning oila a’zolarining hech kim bilan “shaxsiy dushmanligi” bo‘lmagan. Hozircha qotillik sabablari va aybdorlari ma’lum emas. “Tolibon” holat yuzasidan rasmiy ma’lumot bermagan.