Er sobiq xotinining burni va qulog‘ini kesib tashladi
Er sobiq xotinining burni va qulog‘ini kesib tashladi
Qirg‘izistonning So‘quluk tumani Selektsionnoye qishlog‘ida yashovchi fuqaro o‘zining sobiq xotinining xonadoniga bostirib kirib, kaltaklab, pichoq bilan uni burni va quloqlarini kesib tashlagan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayol eri bilan 10 yil birga yashagan, ularning 15 va 10 yoshli ikki nafar farzandi bor. Muntazam kaltaklar va bezorilik tufayli u 5 yil oldin erini tashlab ketgan. 2022-yilda er-xotin rasman ajrashishgan.
Nikoh buzilganiga qaramay, sobiq er ayolni “yolg'iz qoldirmagan”. “U muntazam ravishda uning ishiga kelib, janjal qilgan, kaltaklagan va zo'rlagan”, dedi jabrlanuvchining amakivachchasi.
Jabrlanuvchining singlisini ma’lum qilishicha, “ushbu voqea sodir bo‘lishidan uch kun oldin ayol politsiyaga murojaat qilgan, biroq mahalliy politsiya xodimi uning yaqinlashib kelayotgan xavf haqidagi so‘zlariga beparvolik bilan qarab unga tayinli javob bermagan. Tuman militsiyasi xodimi bilan suhbatdan uch kun o‘tib, sobiq er ayolining farzandlari bilan yashayotgan uyi ostonasida paydo bo‘lgan”.
Ayol kenja farzandini maktabga olib ketish uchun xonadondan chiqayotganida eri uni uyga itarib yuborib, o‘zi ichkariga kirib, eshikni yopgan. U sobiq xotinini kaltaklagan, keyin pichoqni olgan. U sobiq xotinining burni va quloqlarini kesib tashlagan. Faqat shu bilan kifoyalanmay, tong otguncha uni qiynoqqa solgan.
"Quloqlar, quloq tugunlari – hammasi yirtilgan, u buni maxsus pichoq bilan qilgan. Bu juda nozik ish edi. Burun butunlay kesilgan. Doktorlar kesilgan a’zolarni joyiga tikishdi, ammo bularning barchasi ildiz otadimi yoki yo'qmi, bilmaymiz”, – deydi jabrlanuvchining opasi.
Ta’kidlanishicha, ushbu voqea sodir bo‘lgan vaqt davomida er-xotinning o'n yoshli bolasi otasi onasini haqorat qilgan xonada bo‘lgan. Bola ko'rpa ostiga yashiringan va hamma narsani eshitgan.
Jabrlanuvchi hozir kasalxonada. Shifokorlar uning ahvolini barqaror va og‘ir deb baholamoqda. Opaning so‘zlariga ko‘ra, ayol jarrohlik amaliyotidan o‘tgan, biroq uning to‘liq tuzalib keta olishi hali aniq emas.
Qirg‘izistonlik ayolning sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish “Sog‘likka zarar yetkazish” moddasi bo‘yicha tasniflangan. U hozir kutayotgan maksimal muddat - 12 yil qamoq, ammo bu odam hatto bunday jazoni ham olishi aniq emas.