Rossiyada migrantlarning ayrim sohalarda ishlashiga cheklov qo‘yilishi mumkin
Rossiyada migrantlarning ayrim sohalarda ishlashiga cheklov qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, deputatlar xorijliklarning tibbiyot muassasalari, dorixonalar, maktablarda ishlashi hamda taksi va yuk tashuvlarini amalga oshirishini taqiqlovchi qonun loyihasini Davlat dumasiga kiritgan.
So‘nggi paytlarda rossiyaliklarning malakasiz xorijiy ishchilar sonining ko‘payishiga salbiy munosabati kuchaygan. Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, bu mamlakatga qo‘shimcha mehnat resurslarining faol jalb etilishi bilan bog‘liq.
Deputatlarning ta’kidlashicha, mehnat muhojirlarining asosiy oqimini O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelganlar tashkil etadi. Loyiha mualliflari iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushini 5%gacha cheklashni taklif qilmoqda.
Shuningdek, muhojirlarni “chet ellik ishchilarning malakasiz mehnati foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan eng sezgir ijtimoiy sohalarga” jalb qilishni to‘liq taqiqlash ham kiritilgan. Bunday “sezgir sohalar” sifatida deputatlar tibbiyot muassasalari va maktablarda ishlashni nazarda tutishmoqda.
Bundan tashqari, yo‘lovchi va yuk tashuvlarida faoliyat yuritishni qayd etib, muhojirlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari, jumladan, o‘limlar soni ko‘payganligini alohida ta’kidlashgan.
Nashrning turli soha mutaxassislari fikridan kelib chiqib yozishicha, ular bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashmagan.