Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida tadbir o‘tkazildi.
Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tizimda korrupsiyaning oldini olish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov tomonidan soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan tegishli koʻrsatma berildi.
Muloqot davomida namoyish etilgan korrupsiyaning naqadar xavfli illatligini ko‘rsatuvchi real voqealarga asoslangan film taqdimoti barchani yana bir bor hushyorlikka chorladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-