Konstitutsiya — islohotlar va imkoniyatlar asosi
Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida "Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir avvalida DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov barchani bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sunnat Hakimov tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi.