Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.U. va T.U. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.A. ga 34 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 43 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbirda, fuqarolar N.U. va R.R. fuqaroga 9 dona “Tropikamid" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 
Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro S.X.ning yonidan 1 dona paketda o‘tkir hidli kukunsimon modda, 25 dona “Zardeks” va 5 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.A.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi S.B. fuqaro A. F. ga 39 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, sotish maqsadida saqlanib kelingan 50 dona ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-