Guliston tumanida 22 gektar va 12 gektar yer maydonlarini o’zboshimchalik bilan egallab olgan fuqaroga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Guliston tumanida 22 gektar va 12 gektar yer maydonlarini o’zboshimchalik bilan egallab olgan fuqaroga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Kadastr agentligi Guliston tumani bo’limi tomonidan tumanning Do’stlik MFY hududida monitoring o’tkazilganida, fuqaro tomonidan davlat zaxirasida bo’lgan 22 gektar yer maydoniga o’zboshimchalik bilan egalik qilib, foydalaniyotganligi uchun unga nisbatan MJTKning 60-modda 2 qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan edi. 
Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirilishlardan o’ziga tog’ri hulosa chiqarmasdan aynan shu huquqbuzarlikni takroran endi tumanning Paxtaobod va Saxovat SIU hududida tuman zaxirasida bo'lgan 12 gektar yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlandi va Kadastr agentligi Guliston tuman bo'limi tomonidan tegishli idoralarga ma'lumotlar taqdim qilindi.
Hozirda to'plangan ma'lumotlar yuzasidan ushbu fuqaroga viloyat IIB boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-