Rossiyada karavot ostidan o‘zbekistonlik qizning jasadi topildi

Rossiyada karavot ostidan o‘zbekistonlik qizning jasadi topildi
Sankt-Peterburgda Kosmonavtlar prospektidagi ijaraga olingan bir xonali kvartiradan taxminan ikki hafta davomida yotgan 28 yoshli qizning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
10-oktyabr kuni marhuma o‘zbekistonlik 23 yoshli yigit bilan bir kunlik kvartirani ijaraga olgan. Ertasi kuni uyga farrosh ayol kelgan va xonani tozalab, chiqib ketgan. U hech qanday shubhali narsani sezmagan.
Ikki hafta o‘tgach, ijara haqi to‘lanmagani va aloqa yo‘qligi sababli, uy egasi kvartiraga mijozlarni izlab keladi. Kirgan zahoti uydan badbo‘y hidni sezadi. U karavot ostidagi qutidan jasadni topadi.
Marhuma bilan yashagan yigit 12-oktyabr kuni Istanbulga uchib ketgan va hozirda qidiruvda ekanligi aytilmoqda.
Qizning o‘limining aniq sabablari ekspertizadan so‘ng aniqlanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-