Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi

Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi tashabbusi bilan Qozog‘istonning “Ana Uyі” jamoat fondi hamkorligida Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Uyі” ijtimoiy loyihasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hamkorlikning maqsadi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ijtimoiy va ikkilamchi yetimlikning oldini olishdagi tajriba va metodologik ko‘nikmalar almashishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Birinchi “Ona uyi” ijtimoiy markazi 8-10 nafar yosh bolali ayolni qabul qilishi mumkin. Ikkinchi bosqichda “Ona uyi” natijalari asosida hamda O‘zbekistonning ma’lum bir mintaqasi ehtiyojlariga qarab loyihani mamlakat bo‘ylab kengaytirish belgilangan.
Shu bilan birgalikda, “Ona uyi” loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi. Kelgusida “Ona uylari”da tikuvchilik ustaxonalarini ochish, onalarga turli mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim berish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, buning natijasida “Ona uyi” markazida bo‘lgan vaqt davomida ayollar ijtimoiylashishi, professional kasbga ega bo‘lishi hamda o‘zi va farzandlarini ta’minlash maqsadida kelajak uchun mablag‘ topishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-