100 nafar qashqadaryolik yoshlar Germaniyaga ishga yuboriladi

100 nafar qashqadaryolik yoshlar Germaniyaga ishga yuboriladi
Germaniyadagi kompaniyaga 100 nafar qashqadaryolik yoshlarni ishga qabul qilish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari A.Qobilov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Germaniyada bo‘lib, Shtaynbax-Hallen shahri hokimi Markus Bottcher bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi. Viloyatda ijtimoiy sohalar, xususan, taʼlim, tashqi mehnat migratsiyasi, kasb-hunar, tibbiyot kabi yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma loyihalarini amalga oshirish, Germaniyaning ilm-fan, kasbiy taʼlim, xorijiy tillar va boshqaruv sohalarida ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish va Qashqadaryoda joriy etish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda 2024/2025-yillar davomida Hehnke kompaniyasi 100 nafar qashqadaryolik yoshlarni Ausbildung dasturi bo‘yicha o‘qish va ishga qabul qilishi borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-