70 yil “temir o‘pka” ichida yashagan Pol Aleksandr vafot etdi
70 yil “temir o‘pka”da yashagan Pol Aleksandr AQSHning Texas shtatida vafot etdi. Bu haqda GoFoundMe ma’lum qildi.
Pol 1952-yilda, 6 yoshida Dallasda poliomielit bilan kasallanganidan keyin falaj bo‘lib qolgan. U faqat boshini, bo‘yni va og‘zini harakatlantira olgan. Bolakay o‘sha vaqtda halok bo‘lishi mumkin edi, ammo shifokorlar uni temir o‘pkali apparatga yotqizishgan.
U 70 yil davomida maxsus qurilma ichida yashagan. Bu vaqt ichida Pol kollejda o‘qib, huquqshunoslik diplomini olgan. Otasi Pol uchun maxsus qurilma — uchida tutqichi bor tayoqcha ixtiro qilgan. Ushbu qurilma yordamida Pol avval yozishni, keyin klaviaturada matn terishni o‘rgangan. Mazkur qurilma orqali telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bergan hamda SMS xabarlar yozgan. Keyinchalik hatto u o‘z tarjimayi holini ham kitob tarzida yozgan.