Qashqadaryoda yetishtirilgan quritilgan meva va oziq-ovqat mahsulotlari Germaniyaga eksporti qilinadi
O'zbekiston Bosh konsulligi ko'magida Germaniyaning "Ahinur", "Natur Food GmbH" va Turkiyaning "Nur Tarim" kompaniyalari vakillarining yurtimizga biznes missiyasi tashkil etildi.
Tashrif davomida nemis va turk ishbilarmon doira vakillari Qashqadaryoda bo'lib, viloyati hokimligi mutasaddilari bilan o'zaro hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashdilar.
Qashqadaryo viloyati hokimligida xorij tomonining O'zbekiston ishlab chiqaruvchilar bilan B2B formatida muzokaralari o'tkazildi. Shu bilan birga, mahalliy eksportbop mahsulotlar taqdimoti tashkil etildi.
Germaniya tomoni O'zbekistondan quritilgan meva va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar natijasida ishchi aloqalarni davom ettirish hamda joriy yilda O'zbekistondan quritilgan meva va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish bo'yicha yakuniy kelishuvga erishildi.