Baxmalda plantatsiyalarda yetishtirilgan za’faron mahsuloti Tojikistonga eksport qilindi

Baxmalda plantatsiyalarda yetishtirilgan za’faron mahsuloti Tojikistonga eksport qilindi

Baxmalda plantatsiyalarda yetishtirilgan za’faron mahsuloti Tojikistonga eksport qilindi


Bugungi kunda BMB Trade Group kompaniyasining BMB Za’faron brendi ostidagi mahsuloti jahon bozorlariga shahdam qadamlar bilan kirib borishni davom etmoqda.
Kompaniya tomonidan Jizzax viloyati Baxmal tumanida joylashgan plantatsiyalarda yetishtirilgan oliy sifatli za’faron mahsulotining navbatdagi partiyasi 19 avgust kuni Tojikistonga eksport qilindi.

Ta’kidlash joizki, BMB Za’faron milliy brendi ostidagi za’faron Italiya, Fransiya va Janubiy Koreyaning nufuzli laboratoriyalarida chuqur tekshiruv natijalariga ko‘ra oliy kategoriyaga ega mahsulot deb tan olingan.
Quvonarlisi shundaki, BMB Za’faron milliy brendi ostidagi za’faron mahsulotini eksport qilish hajmlarining ortishi O‘zbekistonni jahon bozorlariga za’faron yetkazib beruvchi mamlakatlar orasida yetakchi o‘rinlarni egallashiga zamin yaratadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-