Ko‘chmas mulk "snos"ga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani qayerdan va qanday olinadi?
Ko‘chmas mulk "snos"ga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani qayerdan va qanday olinadi?
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Viloyat qurilish bosh boshqarmalari.
Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati - 3 ish kuni.
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.