Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga:
- sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko‘chirma;
- farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
- farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Manba: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.