“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ 2023- yilda qanday natijalarga erishdi?

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ 2023- yilda qanday natijalarga erishdi?
Joriy yilning 25- aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda 2023- yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024- yilda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda  2023- yilda  Respublikamiz hududida davlat byudjeti va maxsus mablag‘lar hisobidan 48 ta loyiha asosida 1430 km2 maydonda geologik-qidiruv ishlari amalga oshirilib, bu loyihalar asosida oltin, mis, qurg‘oshin va rux, volfram, noyob metall va kamyob yer elementlar, noruda foydali qazilmalarga geologik qidiruv ishlarini hamda laboratoriya tadqiqot ishlari bajarilgani haqida ma’lumot berildi. Yil yakunida 10 ta loyiha tugatilib, aniqlangan zaxira va bashorat resurslari Davlat zaxiralari komissiyasiga topshirilgani ma’lum qilindi.  
Amalga oshirilgan geologik qidiruv ishlari respublikamizning Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari hududiga to‘g‘ri kelishi va geologik qidiruv ishlari natijasida nafaqat davlat zaxiralarini rivojlantirish balki Navoiy va Olmaliq KMKlarining xomashyo bazasi oshishiga xizmat qilishi ta'kidlab o‘tildi.
2024 - yilda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida geologiya qidiruv ishlarini yanada rivojlantirish va xorijiy davlatlarda ham geologiya qidiruv ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, xususan, burg‘ilash ishlari va texnologiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, geofizik tadqiqotlarni rivojlantirish, modellashtirish, yer va havo geofizikasi ishlarini bajarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kuchaytirish, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or tajriba va uslublarni joriy etish ko‘zda tutilgani aytib o‘tildi .
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-