“Biznesni rivojlantirish banki” va Yaponiyaning Yamagata universiteti o‘zaro hamkorlik qilmoqda. Ushbu hamkorlikdan qanday natijalar kutilmoqda?
Joriy yilning 22-aprel kuni “Biznesni rivojlantirish banki” va Yaponiyaning Yamagata universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda kutilayotgan natijalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi .
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tadbirkorlarni oʻqitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratilgan. Joriy yilning 7-mart kuni Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Yaponiya biznes forumi davomida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev va Yamagata universiteti prezidenti Xeditoshi Tamate tomonidan imzolangan shartnoma ham aynan shu ezgu maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Oʻzaro kelishuvga muvofiq, respublikamizdagi 10 ming nafar tadbirkor Yaponiya tajribasi asosida oʻqitilishi va mentorlar tayyorlanishi maqsad qilingan. Kurslar demaind asosida may oyi oxiridan boshlanadi. Kurslarda o‘qish tadbirkorlar uchun bepul va 100% yapon mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida amalga oshiriladi. https://biznes-portal.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish u mumkin. Yaponiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan oʻquv kurslarida tadbirkorlar biznes koʻnikmalarini rivojlantirish, biznes-rejani ishlab chiqish, loyihalarni moliyalashtirish manbalarini topish kabi yoʻnalishlarda oʻqitiladi. Shuningdek, yaponiyalik mutaxassislar koʻmagida mahalliy kadrlar orasidan mentorlar tayyorlanadi. Kelgusida “Kichik biznesni rivojlantirish jamg’armasi” tomonidan tadbirkorlarni oʻqitish ishlari mentorlar yordamida tashkil etilishi rejalanmoqda. Matbuot anjumanida mazkur muhim vazifa ijrosiga kirishishda dastlab Universitet vakillari qator hududlarda bo‘lib, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qiligani va ilk tashrif yakunlari bo‘yicha ham ma’lumot berildi. Qayd etildiki, Tashrif doirasida shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm hamda Buxoro viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.Xususan, mazkur shaharlardagi Kichik biznesga ko‘maklashish markazlarida mahalliy tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilib, tadbrikorlar biznesni boshqarishning yapon metodi bilan tanishtirildi. Mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga doir muhim va foydali tavsiyalar berildi. Eng asosiysi, boshlanadigan asosiy mashg‘ulotlar yanada samarali bo‘lishiga tayyorgarlikning muhim jiyatlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bu haqda “Yamagata” universiteti professori Tadashi Onodera ma’lumot berdi. Qayd etish joizki, tadbirkorlikka o‘qitish dasturining Lean Management metodikasi ilk bor Yamagata Universiteti tomonidan O‘zbekistonga olib kirmoqda.
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari mavzuga doir o'zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi.