Qaysi daryolar o‘zanidan noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilindi?
“Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-14-son, 17.01.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan:
Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi;
- daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallari qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi;
- daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallari qazib olishni taqiqlash va tog‘li yoki tog‘oldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlari tashkil etiladi.
Moratoriy davrida daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
2024 yil 1 oktyabrgacha davlat kosmik monitoringi doirasida daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni qazish hamda daryo o‘zanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda loyihadan chetga chiqish, noqonuniy qazib olish holatlarini aniqlash va tegishli ma’lumotlarni vakolatli organlarga taqdim etish tizimi yaratiladi.
2024 yil 1 iyungacha Chirchiq daryosi o‘zanini ekologik reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks loyiha ishlab chiqiladi.