O'zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko‘p oylik oladi?

O'zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko‘p oylik oladi?
O'zbekistonda 2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 551 ming so‘mni tashkil etib, 2022-yildagiga nisbatan 17,2 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda. 
O‘tgan yilning yanvar–dekabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon hamda Buxoro viloyatlarida qayd etildi.
Yil davomida o‘rtacha ish haqining eng yuqori o‘sish surʼatlari Farg‘ona (19,1 foiz), Jizzax (18,1 foiz), Xorazm (18 foiz), Samarqand (17,8 foiz) hamda Toshkent shahrida (18,7 foiz)  kuzatildi.
2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelib, 13 million 323 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 10 million 602 ming so‘m, tashish va saqlash sohasi 6 million 937 ming so‘m, sanoat sohasi 5 million 622 ming so‘m bilan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-