Endi kredit to'lovlarini egasining roziligisiz yechib olinmaydi

Endi kredit to'lovlarini egasining roziligisiz yechib olinmaydi
Markaziy bank tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tizimlaridan "mijozning roziligisiz va uni ogohlantirmagan holda uning kartasidan kredit va boshqa qarz to‘lovlari uchun mablag‘larni akseptsiz yechib olish" amaliyotiga chek qo‘yishni qatʼiy talab qilmoqda. Bu bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari tomonidan imzolangan tegishli xat joriy yil 21-dekabr kuni tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tizimlariga yuborilgan (xat nusxasi Bankers.uz‘da mavjud).
Xatda tijorat banklari tomonidan fuqarolarning bank kartalaridan mablag‘larni masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali kredit to‘lovlari uchun avtomatik tarzda hisobdan chiqarish (avtoto‘lov) jarayonlarida amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilayotgani, bu borada bir necha bor murojaatlar kelib tushayotgani qayd etilgan.
Bundan tashqari, ayrim banklar kredit taʼminoti sifatida sug‘urta polisi olayotgani bois, ushbu kreditlar belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, sug‘urta tashkiloti tijorat bankiga kredit qarzdorligini to‘liq qoplab berayotganligi, natijada bankning majburiyat (kredit) bo‘yicha qarz oluvchiga bo‘lgan huquqlari sug‘urta tashkilotiga o‘tganligi uchun, sug‘urta tashkiloti qarz oluvchining bank kartalaridan mablag‘larni akseptsiz tarzda yechib olayotgan holatlar tanqid qilingan.
Xatda taʼkidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga ko‘ra, mijozning topshirig‘isiz hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini o‘chirishga sudning qarori bilan, shuningdek ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda belgilab qo‘yilgan yoxud bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-