Kadastr agentligi raddiya bildirdi

Kadastr agentligi raddiya bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Auksion savdolarni tashkil etishda yo'l qo'yilayotgan xatoliklar aniqlanib, adliya aralashuvi bilan ijobiy yechim topilyapti" sarlavhasi ostida videolavha tarqalgan edi. 
Kadastr agentligi bunga raddiyada bildirdi.
Unga ko‘ra,
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari onlayn auksion orqali sotilmaydi, balki elektron tanlov asosida ma’lum vaqtga foydalanish uchun ijaraga beriladi.
- 2022 yil 24 avgustdagi 198-sonli Prezident  farmoniga asosan fermer xo‘jaligi raisi o‘ziga tegishli bo‘lgan foydalanmayotgan yer uchastkasini zaxiraga qaytarish bo‘yicha notarial tartibda rozilik xati beradi. Xatirchi tuman hokimligining buyurtma xati va viloyat hokimligining zaxiraga qaytarish qaroriga asosan 254-konturdan jami 7 gektar yer maydoni shundan 6,8 gektar ekin yeri va 0,2 gektar boshqa yer maydonlari Davlat kadastrlari palatasining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Davlat reyestridan ko‘chirma shakllantirilgan.
- Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709- sonli qaroriga asosan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zdaverloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti tomondan lotlarga bo‘lib dehqon xo‘jaligi sifatida «E-auksion.uz» elektron savdo platformasi orqali savdoga chiqarilishi belgilab qo‘yilgan. Kadastr idoralari bu jarayonda yerni auksionga qo‘ymaydi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz bu jarayonda kadastr organining vazifasi hokimlikning zaxiraga qaytarish bo‘yicha arizasiga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan iborat. Bungacha bo‘lgan jarayonda kadastr organining aralashuvi yo‘q.
"Ommaviy axborot vositalari orqali noto‘g‘ri axborot berish, qolaversa, Davlat idorasini noo‘rin holatda aybdor qilib ko‘rsatish aholimizda shu yo‘nalishga bo‘lgan norozilik kayfiyatini keltirib chiqaradi.
Bu esa aholining davlat tomonidan ushbu yo‘nalishlardagi ishlariga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin", — deyiladi raddiyada.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-