O‘zbekistonda taksi xizmati uchun naqd pul orqali to‘lov qilinganda elektron chek berish boshlandi

O‘zbekistonda taksi xizmati uchun naqd pul orqali to‘lov qilinganda elektron chek berish boshlandi
O‘zbekistonning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish ko‘zda tutilgani haqida xabar berilgan edi. Soliq qo‘mitasi Yandex.Go yo‘lovchilarga naqd puldagi to‘lovi uchun elektron chek berishni boshlaganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, onlayn taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish dinamikasi Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida aks etmoqda.
2023-yilning dekabr oyida onlayn taksi agregatorlari orqali 4,4 million tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘z-o‘zini band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. 2024-yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 millionga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘z-o‘zini band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.
Qo‘mitaning bildirishicha, ayni paytda boshqa onlayn taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash va to‘lov shaklidan qatʼi nazar, yo‘lovchilarga chek berish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-