Ustama va mukofot pullari ham pensiya hisoblashda inobatga olinadimi?
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizomining 82-bandiga muvofiq:
- pensiya hisoblashda ish haqi tarkibiga, shuningdek, ish haqining natural qismiga 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari;
- 2019 yildan keyingi davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.
Ya’ni, fuqarolarning mehnat faoliyatlari davomida olgan ish haqlariga qo‘shimcha ravishda to‘langan ustama va mukofot pullari pensiya hisoblashda inobatga olinadi.