Kadastr xizmati — aholi manfaatlari yo‘lida
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallari tomonidan aholiga kadastr xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
- Ko‘chmas mulk ob’yektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’yekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi, - deydi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Mirobod tumani filiali boshlig‘i Lazizxon Rustamov.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida tuman aholisidan ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan jami 2952 ta ariza kelib tushgan. Shundan, 310 ta yakka tartibdagi turar joyga, 196 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadonga, 1576 ta noturar joy obyektiga, jami 2082 ta ko‘chmas mulk ob’yektiga kadastr pasportlari shakllantirib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qarorida ko‘rsatilgan kamchiliklar mavjudligi uchun 862 ta murojaat rad etilgan bo‘lsa, 8 ta ariza to‘lov jarayonida turibdi.
Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilish mumkin.
Bunda qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti YAIDX portali yoki DXM orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.
Ko‘chmas mulk ob’yektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha ya’ni ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy uchun 5 ish kunigacha kadastr pasporti tayyorlab beriladi.
Shu o‘rinda bir jihatga e’tibor qaratib o‘tmoqchiman. Ma’lumki, kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi. Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
Belgilangan muddatda tegishli to‘lov amalga oshirilmasligi kadastr pasportini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi.
Shunday ekan, hurmatli yurtdoshlar. O‘zingizga qulay va ma’qul bo‘lgan usulda kadastr xizmatlaridan foydalaning hamda buning uchun belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni unutmang.