Qibrayda tarbiyachi bolani urib dars o‘rgatayotgani aniqlandi

Qibrayda tarbiyachi bolani urib dars o‘rgatayotgani aniqlandi
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Logo bilim” ta’lim markazida tarbiyachi bolani urib, dars o‘rgatayotgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan
ma’lumot berdi. 
Xabarga ko‘ra, pedagog 2019-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M. B. ni urgan holda olib borayotgan mashg‘uloti yuzasidan bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D.ning murojaati kelib tushdi. Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va u yuzasidan tuman IIB tomonidan 5-dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.
O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bolaga nisbatan bunday pedagogikaga zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis hozirda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-