Ajrashgandan so'ng onasi bilan ketgan bolani, otasiga ko'rsatmagan onaga qanday jazo ko'riladi?

Oila Kodeksining 77-moddasida “bolaning bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishib turish huquqi” belgilangan.
Unga ko‘ra, bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega. Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko‘rishib turishga to‘sqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.
Sudning qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota (ona)ga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Ya’ni, bola homiy tomonga ko'rsatilmaganda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-2-moddasiga ko‘ra:
➖sud hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganliklari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilanishi mumkin.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 232-moddasida “sud hujjatini ijro etmaslik” uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, muayyan harakatlarni sodir etish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirsa, —
➖bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.