Toshkentda 32 ta yo‘nalishdagi avtobuslarda yo‘lkira narxi o‘zgardi

Toshkent shahri bo‘ylab harakatlanadigan 32 ta yo‘nalishdagi avtobuslarda yo‘lkira narxi o‘zgardi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, iyul oyidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 17t, 20, 73, 86, 98, 101, 146, 140 130,129, 116, 82, 68, 63, 61, 55, 52, 45, 43, 41, 39, 9t, 8, 125, 151, 133, 138, 153, 154, 181, 183, 104-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirila boshlagani ma’lum qilindi.
Avtobuslarda “kunlik planlar”ning bekor bo‘lishi
Toshkentda 5-may kunidan boshlab, 5, 11, 18, 19, 37, 44, 67, 77, 83, 136, 139, 142, 72 va 81-sonli poytaxt bo‘ylab harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan.
Brutto-shartnomalar — bu yo‘lovchi tashishni tashkil etish modeli bo‘lib, unda barcha tushumlar shahar budjetining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va shahar maʼmuriyati yo‘lovchi tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lovlarni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, sifat nazorati ostida o‘tkazib beradi.