Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazoga tortildi. 

Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazoga tortildi. 
Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazoga tortildi.

Toshkent shahrida konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisiga chora  ko'rildi.  Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha,  7-iyun kuni soat “Toshshahartransxizmat” AJning 12-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 59-sonli yo‘nalish haydovchisi o‘z boshqaruvidagi avtobusning sovitish tizimi (konditsioner)ni yoqmagan holda harakatlangan. 
“Sergeli 7-mavze” bekatida yo‘lovchilar e’tirozidan so‘ng haydovchi sovitish tizimini yoqqan holda harakatlangani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ hamda 12-Avtobus saroyi filiali mas’ul xodimlari tezkorlik bilan 59-sonli avtobus yo‘nalishining oxirgi bekati hisoblangan “Do‘stlik-2 shohbekati”ga yetib borib, yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rilishi belgilandi.
Korxona ichki tartib-qoidasiga binoan, haydovchilar avtobus salonida sovitish tizimi (konditsioner)ni soat 8:00 dan 19:00 ga qadar yoqqan holda harakatlanishlari belgilangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-