Zangiotada “Volga” suvga tushib ketib haydovchi halok bo‘ldi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida 11-fevral kuni “Volga” kanalga tushib ketgan. Bu haqda “Avtopatrul” ko‘rsatuvida
xabar berildi.
Ma’lumotlarga ko'ra, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan turib “Volga” avtomobilini boshqargan. U magistral yo‘lda mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan. Natijada GAZ-31029 (“Volga”) Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan. Haydovchi esa mashinadan chiqolmay, ko‘p suv yutishi oqibatida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.