Yakkasaroy va Mirobod tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov tomonidan Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
Jasurbek Karimov, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i:
- Qabullarda asosan fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros masalalarida savollar ko‘p kelib tushadi. Har bir murojaat yuzasidan murojaatchiga kerakli tushuntirish beriladi. Zarurat tug‘ilsa, xodimlar tomonidan masalaga aniqlik kiritish uchun joyiga chiqib ham o‘rganish olib boriladi.Bundan tashqari aholimizga yanada qulay bo‘lishi uchun mahallalar kesimida ham ular bilan muloqot qilib, kadastr masalalariga yechim topishga harakat qilyapmiz. Maqsadimiz - xalqimizga yanada yaqin bo‘lib, ularning mushkulini oson qilish.
Yakkasaroy tumanida bo‘lib o‘tgan qabulda 10 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.
O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, yig‘ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumot taqdim qilindi.