Maktablar oldida 30 km/s tezlikdan oshirganlar jarimaga tortiladi
Endi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 km/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar bergan.
Qayd qilinishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Ma’lumot uchun, Navoiyda maktablar atrofida oʻrnatilgan radar qurilmalari tezligi soatiga 30 kilometrdan oshgan avtomobillarni qayd etishni boshlagan. Hozircha tizim test rejimida ishlayotganligi, keyinchalik qolgan hududlardagi maktablar atrofida ham mazkur qurilmalar oʻrnatilishi ma’lum qilingan.