Mahkumlarga masofaviy videouchrashuv huquqi belgilandi

Mahkumlarga masofaviy videouchrashuv huquqi belgilandi
Qonunchilik palatasida yangi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. U ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga masofadan videomuloqot qilish huquqini berishni nazarda tutadi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qonun loyihasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali ularni jamiyatdan uzilib qolmasligini ta’minlash, jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashish maqsadi asosida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofadan videouchrashuv huquqini berish orqali o‘z yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bunda masofali videouchrashuv soni jazoni o‘tash tartibotiga qarab belgilanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-