Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlariga o‘zgartirish kiritildi

Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlariga o‘zgartirish kiritildi
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“katta leytenant” – 3 yil;
➖“kapitan” – 4 yil;
➖“mayor” – 5 yil;
➖“podpolkovnik” – 6 yil”.

Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
➖“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
➖“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
➖“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.
Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
➖“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
➖“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
➖“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“katta leytenant” – 3 yil;
➖“kapitan” – 4 yil;
➖“mayor” – 5 yil;
➖“podpolkovnik” – 6 yil”.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-