Ayollar jinoyati : ularni bu yo‘lga nima boshlayapti?
Onasidan barvaqt ayrilgan Nasima (ism o‘zgartirildi) otasining qaramog‘ida qoldi. Ichkilikka ruju qo‘ygan ota qizini qarovsiz qoldirardi. Balog‘at ostonasiga qadam qo‘yib, nomusidan ayrilgan Nasima keyinchalik, 25 yoshida ma’naviy axloqsizligi tufayli qamoqqa olindi. U bugun to‘rt devor orasida xazon bo‘layotgan umrini, ko‘z yoshlar bilan o‘tayotgan gul yoshligini xotirlab yig‘laydi. U ham boshqa qizlar singari kasb-hunar o‘rganib, yaxshi bir oilaga kelin bo‘lishi, etak-etak farzandlarni dunyoga keltirib, onalik baxtiga muyassar bo‘lishi mumkin edi. Qirq yoshning ostonasida turgan ayol taqdiridan o‘kinadi, pushaymonlik iztirobi bilan yum-yum yig‘laydi.
So‘nggi yillarda nafaqat dunyoda, balki O‘zbekistonda ham ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni ortib bormoqda. Birgina 2023 yilda mamlakatimizda 6 mingdan ortiq ayollar sudlangani buning yaqqol dalilidir. Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 6466 nafar ayolning ishi ko‘rib chiqilgan. Joriy yilning birinchi yarim yilligida 37 179 nafar shaxsga nisbatan 29 086 ta jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lib, ularning 3 354 nafari ayollardir. Bu ko‘rsatkichlar ayollarning jinoyatga qadam qo‘yishi ortidagi sabablar haqida jiddiy tahlillar olib borishga undaydi.
Birgina Ohangaron shahrida 2023 yilda ayollar o‘rtasida 18 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki 9 oyida 16 ta jinoyat qayd etildi. Buning ustiga, o‘tgan yilda shaharda 6 nafar ayol qamalgan bo‘lsa, bu yil 5 nafar ayol axloqsizlik va ma’naviy buzuqlik tufayli jazoga tortildi. Darhaqiqat, jinoyat ko‘chasiga kirayotgan ayollar holatini tushunish, ularni bu yo‘lga boshlagan omillarni aniqlash juda muhim. Bu mavzuda fikr yuritish jinoyatlarning oldini olish va xotin-qizlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga yordam berishi mumkin. Quyida masalaga bevosita aloqador bo‘lgan psixologlar hamda ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar fikrlari orqali muammoni ochib berishga harakat qildik.
Shahnoza Navro‘zova, psixolog:
– Aslida, jinoyatchilarni erkak yoki ayolga ajratib o‘rganishimiz xato. Erkak ham, ayol ham turli sabablar bilan jinoyatga qo‘l uradi. Erkakda bor nafs ayolda ham bor. Ayol ham tezda boyib ketishni istaydi va bu istaklariga olib boruvchi osonroq yo‘lni qidiradi. Natijada boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Statistikani tahlil qiladigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni ortgan. Har ikki turdagi jinoyatning mohiyatida boylikka erishish maqsadi turibdi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: jinoyatchi ayol dangasa, oilasida yaxshi tarbiya ko‘rmagan, qadr-qimmatini bilmaydi yoki o‘z kuchiga ishonmaydi. Lekin bu qusurlar jinoyatchi ayollarning barchasiga tegishli deb aytolmayman. Bu yo‘lga adashib yoki tasodifan kirib qolgan yaxshi xulqli ayollar ham uchrab turadi. Jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan ayrim ayollar moddiy manfaatni barcha narsadan ustun qo‘yadi, pul uchun yaqinlaridan ham osongina kechib ketishi mumkin. Ayblari va xatolarini yuziga aytsangiz, tan olishni istamaydi, buning o‘rniga psixologik bosim o‘tkazib, shovqin-suron ko‘taradi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish oson emas. Shu bois ayrimlari qamoqda jazosini o‘tab qaytsa-da, yana o‘sha jinoyatni sodir qiladi. Eng to‘g‘ri yo‘l – ularni shirin so‘z, do‘stona munosabat bilan to‘g‘ri yo‘lga qaytarishdir.
Masalan, Ohangaron shahrida yashovchi O.E. ismli ayol 50 yoshiga qadar 3 marta qamalgan. Barchasida noqonuniy riyeltorlik faoliyati bilan qo‘lga olingan. U 25 yoshida turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib ketgan, bir nafar farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan. Ayol riyeltorlik orqali mo‘may daromad topish mumkinligini har doim ta’kidlaydi, garchi 3 marta qamalgan bo‘lsa ham, qilgan jinoyatidan afsuslanmaydi. Yana bir ayolni bilaman, turmushidan ajrashgan va Qozog‘iston Respublikasiga ishlash uchun ketib, qaytishda chegarani buzgan holda belgilanmagan joydan qochib kelgan. O‘sha ayol ham 2 yilga qamalib chiqqan. Lekin u qilgan ishidan afsusda – pushaymon, o‘z aybini tan oladi.
Bu ikki toifa ayol
Muallif : Shoira To‘laganova

ruhiyatida osmon bilan yercha farq bor. Ayol nega jinoyat qiladi degan savolga atrofimizdagi shu kabi insonlar hayotidan javob topishimiz mumkin.
Inson psixologiyasi – cheksiz olam. Ayniqsa, jinoyatchi ayol ruhiyati undan-da murakkab. Bu ruhiyat bilan uning bolaligidanoq puxta ishlash kerak.
Kamola Usmanova, Ohangaron shahri Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i:
– O‘zbek oilasida qiz farzand tug‘ilsa, qiz bola birovning xasmi deydi, o‘g‘il tug‘ilsa, merosxo‘r tug‘ildi deya quvonishadi. Uy-joyimiz, mol-mulkimiz o‘g‘il farzandga qoladi. Turmushi o‘xshamagan qizlarimiz ota uyiga qaytib kelishadi, chiqqan qiz chig‘iriqdan nari deya, ojizalarni o‘z ota uyiga "sig‘dirishmaydi". Chunki ular uchun o‘g‘il farzandlar haqiqiy merosxo‘r-da! Aslida, mana shunday eskicha stereotiplar millatimizni jar yoqasiga olib boradi, qizlarimizning to‘g‘ri yo‘ldan adashishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, ko‘p hollarda ajrashgan ayollar uysiz qolishadi. O‘zingizga ma’lum, uysiz, boshpanasiz, pulsiz qolgan ayollar o‘zlari bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolishyapti. Soha mas’uli sifatida ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga urinamiz, suhbatlar tashkil qilamiz, ming afsuski, gohida yetarli ta’sir o‘tkazolmaymiz. Ayol nega jinoyat qiladi? U o‘zi tug‘ilib o‘sgan uyida yetarli mehr olmaydi, atrofdagilardan keraklicha e’tibor, hurmat ko‘rmaydi. Yaqinlarining ishonchini his qilmaydi. Natijada uning hayotdan ko‘ngli soviy boshlaydi. Qahri qattiqlashgan ayolni endi panjara ortidagi hayot tashvishga solmay qo‘yadi. Mana shuning oqibatida yuzlab, hatto minglab xotin-qizlarimiz qamalib ketishyapti. Yana eskicha steoratiplarga to‘xtalaman. Odamlar jazosini o‘tab qaytgan ayolga qarab, qo‘llarini bigiz qilishadi, undan o‘zlarini olib qochadi. Natijada normal hayot kechirishga qiynalgan ayol panjara ortidagi hayotni sog‘ina boshlaydi. Muammoning ildizini tahlil qilsak, barchasi mehr va e’tibor yo‘qligiga borib taqalyapti. Shunday ekan, ayollarimizni e’zozlaylik, toki ular ishtirokidagi jinoyatlar kamaysin.
Sevara Dehqonova, Ohangaron tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i:
– Ayolning jinoyat ko‘chasiga kirib qolishida turmush o‘rtog‘ining ham hissasi bor. Ko‘p hollarda ro‘zg‘ordagi yetishmovchilik, yo‘qchilik irodasi zaif, sabrsiz ayollarni jinoyatga yetaklaydi. Ohangaron tuman hududining asosiy qismini tog‘li qishloqlar tashkil qiladi. Shukrki, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlar ishtirokida deyarli jinoyat sodir etilmaydi. Biroq, tumanimizning Eyvalek va Nurobod mahallalarida yashovchi xotin-qizlar orasida jinoyat ko‘chasiga bilib-bilmay kirib qolgan ayollarimiz bor. Aksariyati o‘z xatolarini tushunib yetishgan. Ayrimlari hozirgi kunda jazoni ijro etish muassasalarida. Joriy yilda tumanimiz hududiga jazoni ijro etish muassasalaridan o‘nga yaqin ayol muqim yashash uchun kelgan. O‘zingizga ma’lum, qamoqdan chiqqan ayolni jamiyatimiz quchoq ochib kutib olmaydi. Turli tamg‘alar bilan uning normal hayot kechirishini cheklab tashlashadi. Jamiyatdagi mana shu illat – eskicha qarashlar ham ayolning jinoyat ko‘chasiga qayta kirib qolishiga, panjara ortini qayta sog‘inishiga sabab bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida
Hech bir qizaloq jinoyatchi bo‘lishni orzu qilmaydi. Har bir jinoyatchi ayolning o‘z fojiasi va haqiqati bor. Ular jinoyatchilik ko‘chasiga qadam qo‘ygan bo‘lishi mumkin, lekin bu ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish mumkin emas degani emas. Ularning hayotidagi qiyinchiliklar ortida jamiyatning ham mas’uliyati bor. Shuning uchun jamiyatimiz ayollarga nisbatan mehr va qo‘llab-quvvatlovni kuchaytirishi zarur. Ayol – farzand, ona, opa-singil, mehribon umr yo‘ldosh va uni jinoyatchilikdan uzoqlashtirish uchun hammamiz mas’ulmiz.
Muallif : Shoira To‘laganova