Tovon nega yoriladi?
Tovon terisi odam tanasidagi eng qalin teri hisoblanadi. Chunki u doimiy bosim, ishqalanish va og‘irlikni ko‘taradi. Lekin ba’zan bu qalin teri ham mo‘rtlashib, yorilib ketishi mumkin.
Tovon yorilishi oddiygina tashqi ko‘rinishdagi nuqson emas, balki ba’zida sog‘liqdagi muammolardan ham darak berishi mumkin.
Tovon yorilishiga asosiy sabablar:
• Quruq teri: oyoq terisi namlik yetishmasa, qattiqlashib, keyin yorila boshlaydi.
• Ortiqcha bosim: uzoq vaqt tik turish, notog‘ri poyabzal yoki ortiqcha vazn tovon terisiga bosim beradi.
• Parvarish yetishmasligi: oyoqlarni muntazam yuvmaslik, tozalamaslik va yog‘lamaslik terini quruqlashtiradi.
• Vitamin yetishmovchiligi: A, E va omega-3 yog‘ kislotalari tanada kam bo‘lsa, teri tez quriydi.
• Tibbiy kasalliklar: qandli diabet, qalqonsimon bez muammolari yoki teri kasalliklari (masalan, ekzema, psoriaz) ham tovon yorilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Iqlim sharoiti: quruq havo, sovuq yoki haddan tashqari issiq ham oyoq terisini quritadi.
Nega xavfli?
Yorilgan tovon faqatgina estetik muammo emas. Agar chuqur yorilsa, og‘riq paydo bo‘ladi, yurish qiyinlashadi. Eng yomoni, yoriqlar orqali mikroblar tushib, yallig‘lanish va infeksiya rivojlanishi mumkin. Diabet bilan og‘riganlarda esa bu yanada xavfli, chunki jarohatlar sekin bitadi.
Oldini olish yo‘llari:
-Oyoqlarni muntazam yuvish va yumshoq toshcha bilan qotgan terini tozalash;
- Maxsus yog‘lovchi krem yoki tabiiy moylar (zaytun, kokos, bodom moyi) bilan parvarish qilish;
- Paxtali paypoq kiyish, havo o‘tkazadigan poyabzal tanlash;
- Yetarli miqdorda suv ichish va vitaminlarga boy ovqatlarni iste’mol qilish;
- Juda chuqur yoriqlar paydo bo‘lsa, o‘zicha davolash emas, dermatolog yoki shifokorga murojaat qilish.