Organizmda yod tanqisligi qanday og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 665 million nafardan ortiq odam endemik buqoq va boshqa qalqonsimon bez kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Qariyb 1,5 milliard kishida esa yod tanqisligi rivojlanishi xavfi mavjud.
Xo‘sh, bu modda nima uchun bu qadar muhim ahamiyatga ega?
Tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Faxruddinova savolga javob berdi:
— Yod mikroelementini inson organizmi ishlab chiqara olmaydi. Shu sababli uni faqat tashqi muhit orqali qabul qilishi mumkin.
Bu modda organizmda qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanishi uchun kerak. Agar yetarli darajada yod iste’mol qilinmasa, qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi kuzatiladi.
Ushbu muhim hayotiy mikroelimentga bo‘lgan kunlik ehtiyoj chaqaloqlarda 50 mikrogramm, 1-6 yoshli bolalarda 90 mikrogramm, 7-10 yoshli o‘g‘il-qizlarda 120 mikrogramm, o‘smirlar va kattalarda 150 mikrogrammni tashkil qiladi.
Homiladorlik va emiziklilik davrida esa ayollarning yodga bo‘lgan kunlik talabi 200-300 mikrogrammgacha ortib ketadi.
Biroq hozir yurtimizda deyarli barcha aholi vakillari rasionida mazkur mikroeliment tanqisligi kuzatiladi. Vaholanki, buning asoratlari yomon.
Masalan, yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omili. Bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, tirnoqlarning tabaqalanishi, soch to‘kilishi, teri quruqlashuvi, uyquchanlik, charchoq ham organizda yod taqchilligi alomatlaridan.
Bu muammo bolalarda endemik buqoq, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada qolishga sabab bo‘ladi.
Ana shundan kelib chiqqan holda, Prezidentimizning tegishli qarori asosida mamlakatimizda aholining kasallikka chalinish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlari, jumladan, bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarni yod preparatlari bilan bepul ta’minlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
O‘z navbatida, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan va iste’mol qilinadigan osh tuzini istisnosiz 100 foiz yodlashtirishni ta’minlash qat’iy nazorat qilib borilyapti.