XALQARO VA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARI GʻOLIBLARI VA ULARNING USTOZLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

XALQARO VA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARI GʻOLIBLARI VA ULARNING USTOZLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR
19-iyul kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadalari, respublika tanlovlari g‘oliblari, ularning ustozlari tantanali taqdirlandilar. 

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, o‘z bilim va iqtidori bilan jahon miqyosidagi eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida, respublika tanlovlarida tengdoshlari bilan raqobatga kirishayotgan, sovrinli o‘rinlarni egallab oltin, kumush, bronza medallarni olib kelayotgan, o‘z iqtidor va san’atini namoyot etayotgan buxorolik yoshlar safi kengayib borayotganligini faxr bilan qayd etdi.Aytish joizki, Yakunlangan o‘quv yili davomida 37 nafar o‘quvchi-yoshlarimiz respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jumladan, respublika fan olimpiadalarida 8 ta sovrinli o‘rin (3 ta 1-o‘rin, 3 ta 3-o‘rin, 2 ta 3-o‘rin) qayd etilgan bo‘lsa, xalqaro fan olimpiadalarida 29 ta (2 ta oltin, 17 ta kumush, 10 ta bronza) medallar qo‘lga kiritildi.
💠Marosimda ana shu g‘olib va sovrindor o‘quvchilar, ularning ustozlari viloyat hokimligining tashakkurnomasi,  faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlanishdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-