Takror adashganlar qismati
Bolalar kattalar, ayniqsa, ota-ona xulq-atvoridan andoza olishadi. Ongli insonning jinoyat ko‘chasiga kirishi – fojia. So‘nggi yillarda xotin-qizlar ishtirokidagi jinoyatlar soni ortayotganiga, qolaversa, takroran jinoyatga qo‘l urayotgan ayollarning pushaymon bo‘lib to‘kayotgan ko‘zyoshlariga ko‘p guvoh bo‘lyapmiz. Soha mas’ullarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda birgina Toshkent viloyatida xotin-qizlar tomonidan 540 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, ular orasida 29 nafar ayol takroran jinoyat sodir qilgan. Profilaktika hisobiga olingan xotin-qizlar soni – 2160 nafar, takroran profilaktika hisobiga olingan xotin-qizlar esa 39 nafarni tashkil qilyapti. Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning aksariyatini firibgarlik, tovlamachilik, odam savdosi kabilar tashkil qilmoqda.
“Ayol ehtiyoj tufayli jinoyatga qo‘l uradi…”
Xo‘sh, nima uchun xotin-qizlar takroran jinoyatga qo‘l uryapti, ularni bunga nima majbur qilyapti? Bu haqda yuridik fanlar doktori, professor Murodiljon Baratov shunday deydi:
– Raqamlar ortidagi taqdirlarga nazar tashlasak, ko‘pchiligi firibgarlik, tovlamachilik, korrupsiya, odam savdosi kabi qilmishlar bilan qo‘lga olingan. Ularning yagona maqsadi pul topish bo‘lgan. Jinoyat ko‘chasiga kirgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishimiz uchun, eng avvalo, ularni oson boylik orttirishga qanday omillar majbur qilganini tahlil qilishimiz kerak. Ayol ko‘p hollarda ehtiyoj sabab jinoyatga qo‘l uradi. Xo‘sh, bugungi kunning ehtiyoji nima? Albatta, qimmat mashina sotib olish, restoranlarda dabdabali to‘ylar o‘tkazish, hashamatli uylar qurish, chet elda dam olish... Ming afsuski, jamiyatimizda juda ko‘pchilik dabdababozlik quliga aylanib qoldi. Aynan boriga qanoat qilmaslik, shukr qilmaslik, nafsga qullik ortidan ayrim opa-singillarimiz jinoyat ko‘chasiga qadam qo‘yishadi. Ularning bolaligi bilan qiziqsangiz, deyarli barchasi oilasida mehr ko‘rmagan, ota-ona e’tiboridan chetda qolgan bo‘lib chiqadi. Demak, jinoyatlar ildizini oila va bog‘cha ostonasidan, maktab partasidan izlash kerak. Jamiyatimiz jinoyatlardan xoli va xavfsiz bo‘lishi uchun, insonlar o‘zgarishi zarur. Sodir etgan jinoyati uchun jazosini o‘tab qaytgan shaxsni kamsitish yoki unga qo‘pol muomalada bo‘lish – huquq normalariga ham, odamiylikka ham to‘g‘ri kelmaydi.
Psixologlarning fikricha, ilk bor jinoyat sodir qilgan aksariyat xotin-qizlar “qo‘lga olinganida” emosiyaga beriladi, yig‘laydi, sud zalida huda-behuda uzr so‘raydi. Ammo ikkinchi bor jinoyat sodir qilgan ayollar esa... Keling, yaxshisi, ularning o‘zlari nima deyishiga quloq tutaylik.
Bir aylantirganni “chir aylantiradimi?”
– Omadsizlik menga mahkam yopishib olganga o‘xshardi, – deydi biz bilan suhbatda olmaliqlik Dilya (ismlar o‘zgartirilgan) ismli ayol. – Olmaliq shahridagi nufuzli zavodda operator bo‘lib ishlardim. Bir tanishim men ishlayotgan zavodga ishga kirayotganini aytib, zavoddagi bo‘lim rahbariga kelishilgan pulni berib qo‘yishimni iltimos qildi. O‘sha pulni berayotganimda huquq-tartibot organi xodimlari meni qo‘lga oldi. Pora oldi-berdisida vositachi sifatida ayblandim, menga jinoiy ish ochildi va 3 yilga ozodligim cheklandi.
“Yonimda onamdan boshqa hech kim qolmadi...”
– Yoshim o‘ttiz yettiga chiqsa-da, baxtim ochilmadi, turmushga chiqmaganman. Ko‘p qavatli uydagi xonadonda ota-onam, ukam va uning oilasi bilan birga yashaymiz. O‘sha paytlarda yaqinlarim menga dalda bo‘lish o‘rniga qilgan xatom uchun meni tahqirlay boshladi, hattoki otam ham “Uydan chiqib ket, aravangni o‘zing tort”, deya meni haydadi, shukrki, onam ketishimga yo‘l qo‘ymadi. Ishga boraman, lekin ishda ham hech kim bilan gaplashmasdim, uyga kelganimda ham meni tinglaydigan inson yo‘q edi. Faqat onamning menga nisbatan munosabati o‘zgarmadi, ammo onaga hamma gapingizni aytolmaysiz.
“Kambag‘alni tuyaning ustida it qoparkan”
– Qora kunlarning birida yana jinoyat to‘riga ilinib qoldim, chunki “aravamni o‘zim tortishim” uchun ko‘proq pul topishim, bir xonali bo‘lsa-da, uy olishim kerak edi. Ikkinchi marta menga firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va 4 yilga “kesildim” . Bu safar panjara ortini ko‘rdim, lekin ko‘zimdan bir tomchi yosh chiqmadi. Ilk bor jinoyat ko‘chasiga kirganimda, yig‘i-sig‘i qilib, aza tutgan edim. Bu safar qaddimni tik tutdim, anchagina qahrim qattiqlashibdi. Panjara ortida 3 yil “o‘tirganimdan” so‘ng, meni probatsiya ro‘yxatiga olishib, ochiqqa chiqarishdi. Ayni damda ham ozodligim cheklangan, uyim yaqinidagi xususiy firmada ishlayman. Maoshi qoniqtirmasa-da, tirikchilikka yetib turibdi. Hozir ham yonimda onamdan boshqa hech kim yo‘q. Yaqinlarim menga begonaday munosabatda bo‘lishadi, ulardan ko‘nglim qolgan. Ustiga-ustak, salomatligim ham yaxshi emas, shifokor tezlik bilan davolanishim zarurligini aytyapti.
“Eskicha qarashlar va fikrlar – millatimizning nuqsoni”
Stereotip tushunchasi – menga tanish. Jamiyatimizda vaqtida turmushga chiqmagan qizlarni “qariqiz” deyishadi. Bu so‘zni yuzimga aytishmaydi, atrofimdagilarning pichingidan sezaman, ko‘nglim og‘riydi. Afsuski, peshonamda bor ekan, panjara ortida “o‘tirib” chiqdim. Hozir hech kimning “qariqiz” ekanim bilan ishi bo‘lmay qolgan (kuladi). Ayrimlarning nazdida men "qamalib chiqqan jinoyatchiman". O‘zimga mos inson uchrasa turmush qurish niyatim bor. Jinoyat qilish ongli insonga yarashmaydi, ayniqsa ayolga. Bu sinovli kunlar albatta ortda qoladi.
“Farzandim borligi tufayli qamoqdan qutildim”
– Oilaliman, bir nafar farzandim bor. Qo‘shni davlatda ishlardik, 2021 yilda turmush o‘rtog‘im bilan O‘zbekistonga qaytdik. – deydi so‘nggi 3 yilda 2 marta jinoyat sodir qilgan ohangaronlik Zebo ismli ayol. – Shu orada tanishimning dugonasini Rossiya davlatiga ishlash uchun olib ketmoqchi bo‘ldim, ammo yo‘lda “odam savdosi” degan ayblov bilan qo‘lga olindim, 3 yoshga to‘lmagan farzandim borligi uchun sudda menga yengillik berishdi, 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini oldim. Shundan so‘ng hayotim ostin-ustun bo‘lib ketdi, erim bilan ajrashdim. O‘sha paytlarda qo‘shni ayollar bilan tanishib qoldim, bora-bora ularga ipsiz bog‘landim. Tanishlarim ijaraga olgan uyimga tez-tez kelishardi, ba’zida yonlarida erkak do‘stlari ham bo‘lardi. Yo‘qotadigan hech narsam yo‘q edi, odamlarning gap-so‘zidan ortiq cho‘chimasdim, ijarada yashashdan charchagan edim, hayolim – ko‘proq pul topib, uy sotib olishda edi. 2024 yilning bahorida men fohishaxona tashkil qilishda ayblandim, menga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hayot menga ikkinchi bor imkon berdi, sudga homiladorligim to‘g‘risidagi tibbiy qog‘ozni taqdim qilganimdan so‘ng, 4 yilga “ozodlikni cheklash” jazosini oldim, panjara ortiga ketishdan ikkinchi marotaba ham qutilib qoldim. Hozirgi kunda probatsiya ro‘yxatida turaman. IIB xodimlari tez-tez xabar olib, meni tekshirib turishadi.
“Jazoyimni tinchgina o‘tab olsam deyman”
– Uyimiz yaqinidagi oshxonada ofisiant bo‘lib ishlayman, ish vaqtim ertalab 8:00 dan 17:00 ga qadar. Ishim orasida sartaroshlik kasbini egallayapman. Har kuni 1 soat tushlik vaqtida kasb-hunar kollejidagi o‘quv kursiga qatnayapman. Oylik to‘lovlarini davlat qoplab beryapti, tezroq biror kasbning boshidan tutsam, deyman. Men ikki marta jinoyat qildim, xatolarim taqdirimga ta’sir qildi, ikkinchi bor turmushga chiqdim, hali tug‘ilmagan farzandimdan ayrildim. Yaqinlarim bilan o‘rtamizga sovuqchilik tushdi. Probatsiya ro‘yxatida turganim uchun o‘zimni to‘la erkin va baxtli his qilolmayman. Men jinoyat ko‘chasiga kirib, butunlay boshqa odamga aylandim, ko‘zim ochildi. Hozirgi vaqtda 2-3 ta joyda ishlashga ham tayyorman (lekin erkim o‘z qo‘limda emas). Halol mehnatim orqali, o‘zimni moliyaviy qo‘lga olishni istayman.
“Jinoyatchi bo‘lishni hech kim orzu qilmaydi”
– Hozir shahrimizda probatsiya bo‘limida ro‘yxatda turuvchi 19 nafar xotin-qiz bor, ularning 4 nafari takror jinoyat sodir qilgan, - deydi Ohangaron shahar IIB JXH probatsiya guruhi katta inspektori Nodir Pardaboyev. - Probatsiya ro‘yxatida turuvchi 7 nafar ayolni doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirdik, 5 nafarini kasbga o‘qityapmiz, 3 nafari bola parvarishlash ta’tilida, qolganlari ishlashni va kasbga o‘qishni istamadi. Jazo muddatini o‘tayotgan ayollarning deyarli barchasi oson pul topish maqsadida jinoyatga qo‘l urgan. Ayrimlar oson yo‘l bilan pul topishni yoqtiradi: sabr bilan mehnat qilishni istamaydigan, kasb-kori bo‘lmagan, oilasida yetarlicha tarbiya ololmagan. Ro‘yxatimizdagi ayollarning juda ko‘pchiligi to‘liqsiz oilalarda voyaga yetgan, ya’ni bolalik travmasi bilan ulg‘aygan. Shu bois ayrimlari tezroq boy bo‘lib, o‘zini atrofdagilarga “isbotlagisi” keladi, ularni nazoratda ushlamasak, uchinchi bor jinoyat qilishi hech gapmas. “Ro‘yxat” da turuvchi ayollar bilan ishlash juda qiyin, ularga og‘ir gapirmaymiz. Aksincha, yaxshi muomala qilsak, bizni hurmat qilib, tartib-intizomni buzishmaydi. Kasbga o‘qi, imtiyozli kredit olib tadbirkorlik qil, ijaraga yer olib dehqonchilik qil, deya ularni ilhomlantirishga, yo‘l ko‘rsatishga harakat qilamiz.

XULOSA O‘RNIDA:
Takror jinoyat sodir qilgan ayollarning aksariyati bugun halol mehnat bilan band. Bu ijtimoiy reabilitatsiyaning natijasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Biroq jinoyat ko‘chasiga kirgan ayollar soni ortib borayotgani — bu bir signal. Demak, jamiyatimizda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mavjud. Biz har bir jinoyat ortida turgan asl sabablarni tahlil qilishimiz shart: bu — ijtimoiy tengsizlik, tarbiyadagi bo‘shliqlar, iqtisodiy nochorlik va moddiy boylikka bo‘lgan me’yorsiz intilishdir.
Biz suhbatlashgan o‘nga yaqin sobiq mahkumalarning barchasi hayotda bir bor emas, ikki bor yo‘ldan adashgan. Kimdir oilada mehr ko‘rmagani, boshqasi ish joyidagi adolatsizlikka duch kelganini, yana biri esa moddiy qiyinchiliklar ta’sirida jinoyatga qo‘l urganini aytadi. Bu haqiqatan ham og‘riqli manzara. Demak, muammo faqat shaxsiy mas’uliyatda emas, balki jamiyatdagi umumiy muhitda ham.
Bugungi kunda jinoyatlar sonini kamaytirish, takroriy jinoyatlar oldini olish uchun ayollar va umuman jamiyatning mehnatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish lozim. Buning uchun nafaqat profilaktika va jazo tizimi, balki kasbga o‘qitish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va inson qadr-qimmatini tiklash mexanizmi ham samarali ishlashi kerak. Aks holda, jinoyat ko‘chasiga kirgan insonlarning aksariyati yana qayta jinoyatga qo‘l uradi.
Jamiyat tarbiya bilan o‘zgaradi. Demak, har bir bola maktab ostonasida halol mehnat qadrini tushunishi, har bir yosh qiz ertangi kunini mustahkamlash uchun bilim va kasb-hunar egallashi, har bir ota-ona farzandini ma’naviy mustahkamlik va sabr-toqat ruhida tarbiyalashi kerak. Shundagina biz jinoyatlarga qarshi kurashda haqiqiy natijalarga erisha olamiz.
Har bir inson tanlov huquqiga ega. Lekin bu tanlov ularni qaysi yo‘lga boshlab ketishini jamiyat o‘z vaqtida ko‘rsatib turishi zarur. Shundagina hayotda adashganlar soni kamayadi.
Shoira To‘laganova,
jurnalist.
Toshkent viloyati, Xotin-qizlar 2024 yilda:
Sodir etilgan jinoyatlar soni – 540 ta
Takror jinoyat sodir qilganlar soni – 19 nafar
Profilaktika hisobiga olinganlar soni – 2160 ta
Takroriy profilaktika hisobiga olinganlar soni – 21 nafar
Profilaktika hisobidan chiqarilganlar soni – 2089 nafar
Jazoni o‘tab, ozodlikka chiqqanlar soni – 64 nafar
Faol ijtimoiy hayot tarziga o‘tganlar soni – 71 nafar
Ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashilganlar soni – 56 nafar.
Bandligi ta’minlanganlar soni – 41 nafar
Salbiy oqimlar ta’siridagi ayollar soni – 88 nafar
Ma’naviy muhit nosog‘lom oilalar soni – 3972