“Besh tashabbus” musobaqalarida 14-maktab o‘quvchilari munosib ishtirok etdi
G‘ijduvon tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus” sport musobaqalarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqalarda tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol qatnashib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqalarda 14-maktab jamoasi ham faol ishtirok etib, “Quvnoq startlar” sport turi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi. Jamoa a’zolari bellashuvlar davomida epchillik, tezkorlik va hamjihatlik namunalarini ko‘rsatib, tomoshabinlar va hakamlar e’tiboriga sazovor bo‘ldilar.
Shuningdek, yengil atletika sport musobaqalarida 14-maktab o‘quvchisi Shabonov Shaxruz yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uning ushbu muvaffaqiyati natijasida viloyat bosqichiga yo‘llanma olgani maktab jamoasi uchun katta quvonch va faxr bo‘ldi.
14-maktab o‘quvchilarining sport sohasidagi muvaffaqiyatlari buning bilan cheklanib qolmadi. “Besh tashabbus” sport musobaqalarining futbol bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida ham maktab jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘yin davomida ahillik, chaqqonlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi, sportning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.O‘quvchilarning ushbu yutuqlari kelgusida yanada katta marralarni zabt etishlariga mustahkam zamin yaratadi.
Mazkur musobaqalarda 14-maktab jamoasi ham faol ishtirok etib, “Quvnoq startlar” sport turi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi. Jamoa a’zolari bellashuvlar davomida epchillik, tezkorlik va hamjihatlik namunalarini ko‘rsatib, tomoshabinlar va hakamlar e’tiboriga sazovor bo‘ldilar.Shuningdek, yengil atletika sport musobaqalarida 14-maktab o‘quvchisi Shabonov Shaxruz yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uning ushbu muvaffaqiyati natijasida viloyat bosqichiga yo‘llanma olgani maktab jamoasi uchun katta quvonch va faxr bo‘ldi.