G‘ijduvonlik o‘quvchilar gandbolda viloyat miqyosida muvaffaqiyat ko‘rsatdi
G‘ijduvon tumanidagi 14-maktabning 8–10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan yoshlik sport jamoasi gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Avvaliga tumandagi barcha umumta’lim maktablari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda 14-maktab jamoasi raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.
Viloyat bosqichida esa kuchli raqobatga qaramay, maktab jamoasi 2-o‘rinni egallab, G‘ijduvon sportchilari uchun munosib natija qayd etdi. Bu yutuq yosh sportchilar va ularning murabbiylari tomonidan olib borilgan tinimsiz mashg‘ulotlar va jipslikda ishlash natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Mahalliy sport mutaxassislari ushbu natijani tumanda bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish yo‘lida ijobiy qadam sifatida baholashmoqda.