"Umid nihollari – 2025": Gʻijduvonda gandbol boʻyicha faxrli natija!

"Umid nihollari – 2025": Gʻijduvonda gandbol boʻyicha faxrli natija!
Gʻijduvon tumanida 9–11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Umid nihollari – 2025”  musobaqalari doirasida sportning gandbol turi boʻyicha qizgʻin bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Musobaqada 14-maktab jamoasi jismoniy tayyorgarlik, jamoaviylik va gʻayrat bilan ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni egalladi.
Bu yutuq – yosh sportchilarning intilishi va ularning murabbiylari mehnatining samarasi boʻldi. Musobaqa nafaqat sportda raqobat, balki doʻstlik, sogʻlom turmush tarzi va maktablar oʻrtasida ijobiy muhit shakllanishiga xizmat qildi.
Gʻolib jamoani ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-