Milliy sertifikat imtihonlari yoki natijasidan norozi talabgorlar nima qilishlari kerak?

Milliy sertifikat imtihonlari yoki natijasidan norozi talabgorlar nima qilishlari kerak?
Test sinovidan o‘ta olmagan talabgor test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida agentlikka apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. 
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar uch kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun Agentlik direktorining buyrug‘i bilan 5 yoki 7 nafar Agentlik xodimlari (umumiy komissiya a’zolari sonining o‘ttiz foizidan oshmagan holda) va ta’lim tizimi pedagoglaridan iborat bo‘lgan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Imtihon komissiyasi a’zolari kiritilmaydi. Apellyatsiya ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
📘Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
–  test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;
–  test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
🔹Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
🔹Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar asosli deb topilsa, apellyatsiya komissiyasi qarori bilan test natijalari o‘zgartiriladi.
Shuningdek, talabgor Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-