Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazining majlislar zalida Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Mazkur anjumanda boshqarma tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. Jumladan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yer osti boyliklarini asrash, atmosfera havosining sifatini yaxshilash, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ekologik holat boʻyicha  olib borilgan amaliy ishlar yuzasidan axborot berildi.Tadbirda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari — matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi. Matbuot anjumani jarayonida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, soha mutaxassislari esa batafsil javob berishdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-