“Hududgaz Buxoro” gaz ta'minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

“Hududgaz Buxoro” gaz ta'minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.
Bugun 13-mart kuni gaz ta’minoti Buxoro viloyat filiali tomonidan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalistlar, blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi. Unda viloyat mahallalarida avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat-hisob balansi joriy qilingani, dastlabki jarayonlar viloyatning Buxoro tumanidagi Dehcha mahallasidan boshlangani haqida ma’lumot berildi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar Gʻijduvon tumani “Qaraxoni” mahallasida bo'lib, mahallada tizimga oid amaliy ishlar olib borilayotganiga o'zlari guvoh bo‘lishdi.
Xususan hududda bugungi kunda 221 ta xonadon ikki bolsqichli tizimga o‘tkazish hisobiga 2 ta gaz maromlash qurilmasi demontaj qilinmoqda. 197 ta ma’nan eskirgan nostandart gaz jihozini energotejamkor gaz yondirgichiga almashtirish, 3 kmdan ortiq gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
 Bajarilgan ishlar natijasi  2024- yilga nisbatan 91,1 ming metr kub tabiiy gazning tejalishiga erishilishi tadbir davomida alohida qayd etildi. Shuningdek, mahalla gazchilari uchun berilgan zamonaviy planshetlarning imkoniyatlari, ularning ahamiyati va qulayligi to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlariga tushuntirishlar berildi. Fikrlar, mulohazalar bildirildi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan barcha savollarga gaz ta’minoti korxonasining vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Комментарии (1)

DR MAXWELL P..
0
DR MAXWELL P..
Siz buyrak sotib olmoqchimisiz yoki buyragingizni sotmoqchimisiz? Moliyaviy inqiroz tufayli buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsizmi va nima qilishni bilmayapsizmi, u holda bugun biz bilan bog'laning va biz sizga 500 000 AQSh dollari, shuningdek, hayot va tibbiy sug'urtani o'z ichiga olgan holda yaxshi miqdorda pul taklif qilamiz. Mening ismim DOKTOR MAXWELL, MOUNT ALVERNIA HOSPITALdagi xalqaro nevrolog maslahatchisi. Bizning klinikamiz Buyrak va boshqa jarrohlik bo'yicha ixtisoslashgan bo'lib, biz tegishli donor bilan buyrak sotib olish va transplantatsiya qilish bilan ham shug'ullanamiz. Biz Singapur, Turkiya, AQSh, Malayziya, Hindiston, Germaniyada joylashganmiz.

Agar siz buyraklarni sotish yoki sotib olishni xohlasangiz, iltimos, biz bilan bog'lanishdan tortinmang,

Elektron pochta: contact@mountalverniahospitals.com
Whats-app raqami: +447463920079




Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan,
DR MAXWELL .P.
Xalqaro tibbiy maslahatchi.PHDLL.CDC.
Ответить
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-