Mediaforumning ikkinchi kuni ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi
Mana ikki kundirki, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 30 iyul kuni Nurafshon shahrida “Ommaviy axborot vositalarida milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusida respublika mediaforumi bo‘lib o‘tmoqda.30-31 iyul hamda 1 avgust kunlari o‘tkaziladigan mazkur respublika mediaforumida davlat va nodavlat markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda har bir viloyatdan jurnalist va blogerlar ishtirok etishmoqda.Mediaforum ishtirokchilari erta tongdan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.
OAV vakillari tashrif davomida kombinat texnologik ishlab chiqarish bo‘linmalaridagi jarayonlar bilan tanishishdi. Joriy yilda tashkil etilgan Injenerlar maktabida yaratilgan imkoniyatlar, shart - sharoitlar bilan tanishib, darslarning nazariy va amaliy shaklda olib borilishiga guvoh bo‘lishdi