Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ishtirokida matbuot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda ommaviy axborot vositalari xodimlariga Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan sohada 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yer munosabatlarini tartibga solish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va bartaraf qilish maqsadida kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgan nazorat tadbirlari, aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari, kadastr sohasidagi raqamlashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan aholiga 10 dan ortiq turdagi kadastr xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda.
2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida Boshqarma va uning hududiy filiallariga ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini tayyorlash bo‘yicha jami 43 682 ta ariza kelib tushgan. Shundan 24 203 ta ariza ijobiy yakunlanib, kadastr pasportlari shakllantirib berilgan. Murojaatlarning 17 160 tasi rad etilgan, 1 545 tasi jarayonda.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha jami 91 210 ta ariza kelib tushgan. Shundan 71 258 ta ijobiy hal bo‘lgan, 15862 tasi rad etilgan.
Tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar.