O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 2020 yildagi 10,5%dan 2024 yil boshiga kelib 6,8%ga tushdi

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 2020 yildagi 10,5%dan 2024 yil boshiga kelib 6,8%ga tushdi
AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida sohada erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, kambag‘allik darajasi 2021 yildagi 17%dan, 2023 yilda 14% va 2024 yil boshiga kelib 11%ga tushdi. 
 O‘tgan 6 oyda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 113 ming nafar ishsiz aholi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravar oshdi.  
Qo‘shimcha tarzda, 12 ta yangi kasbga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, bugungi kunda 30 dan ortiq kasb turlariga o‘qitilmoqda. Xorijiy tillarga o‘qitish 10 ming nafarga yetkazilib, o‘tgan yilga nisbatan 5 baravarga oshirilgan.
 Joriy yilning 6 oyida xorijda ishlash istagida bo‘lgan 64 ming nafar shaxs chet davlatlarga qonuniy, xavfsiz hamda uyushgan holda ishga yuborilgani aytib o‘tildi. 
 2024 yilning o‘tgan 6 oyida mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan Davlat mehnat inspektorlari tomonidan 7720 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, unda 21 436 ta qonun buzilish holati aniqlangan. 
 Ushbu qonun buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 3 442 ta yozma ko‘rsatma, 90 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, 4 335 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. 
 Shu yilning o‘tgan davrida 254 nafar noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi hamda 7 349 nafar fuqaroning 31 mlrd so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-